Foto: RIA Novosti
Armaniston va Ozarboyjon chegarada qurolli to‘qnashuv yuz berganini ma’lum qildi. Tomonlar ushbu hodisada bir-birini ayblamoqda. Ozarboyjonning ta’kidlashicha, ikkala tomondan ham yo‘qotishlar bor, Armanistonda faqat raqib kuchlari talafot ko‘rgani ma’lum qilingan.
Bokuda ma’lum qilinishicha, Armaniston qurolli kuchlari chegaraning Tovuz tumanidagi qismida o‘t ochish rejimini buzgan. “12 iyul tush vaqtidan boshlab Armaniston qurolli kuchlari bo‘linmalari artilleriya qurilmalaridan pozitsiyalarimizni o‘qqa tutdi. Ikkala tomondan ham yo‘qotishlar bor”, deb ma’lum qilingan Ozarboyjon mudofaa vazirligida. Boku tomonidan 2 harbiy halok bo‘lgan, 5 harbiy yaralangan.
“Raqib yo‘qotishga uchradi va chekindi”, deb ma’lum qilingan o‘z navbatida Armanistonda. Yerevanda ta’kidlanishicha, chegara Ozarboyjon tomondan buzilgan.
“Ozarboyjon qurolli kuchlari xizmatchilari bizga tushunarsiz sabablarga ko‘ra UAZ avtomobilida Tovuz yo‘nalishida davlat chegarasini buzishga urinish amalga oshirdi. Armaniston tomonining ogohlantirishidan keyin raqib harbiylari avtomobilni tashlab, o‘z pozitsiyalariga qaytgan”, deyilgan Armaniston mudofaa vazirligi xabarida.
Biroq Yerevanning ta’kidlashicha, shundan keyin Ozarboyjon harbiylari artilleriya qurolidan o‘t ochib, Armanistondagi tayanch punktni egallab olishga harakat qilgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?