Foto: RIA Novosti
Dushanba kuni Ozarboyjon qurolli kuchlari Armaniston harbiylari pozitsiyalarini yana o‘qqa tutdi, deb ma’lum qildi Armaniston mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shushan Stepanyan.
"Ikki-uch soatlik tanaffusdan so‘ng raqib Armaniston qurolli kuchlari pozitsiyalariga yana o‘t ochdi. Armaniston tomoni tegishli javob qaytardi. Raqib tomonidan yo‘qotishlar oshishi mumkinligi istisno etilmaydi", - deb yozdi Stepanyan o‘zining feysbukdagi sahifasida.
Yakshanba kuni Boku va Yerevan bir-birini o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzish va artilleriyadan foydalanishda ayblagandi.
Ozarboyjon mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, Armaniston qurolli kuchlari bo‘linmalari Tovuz tumanida Ozarboyjon pozitsiyalarini artilleriya qurilmalaridan o‘qqa tutgan.
O‘z navbatida Armaniston tomoni Ozarboyjonni chegarani buzishga urinishda aybladi.
“Ozarboyjon qurolli kuchlari xizmatchilari bizga tushunarsiz sabablarga ko‘ra UAZ avtomobilida Tovuz yo‘nalishida davlat chegarasini buzishga urinish amalga oshirdi. Armaniston tomonining ogohlantirishidan keyin raqib harbiylari avtomobilni tashlab, o‘z pozitsiyalariga qaytgan”, deyiladi Armaniston mudofaa vazirligi xabarida.
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston bilan chegaradagi vaziyat bois mamlakat xavfsizlik kengashining yig‘ilishini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda respublika prezidenti matbuot xizmati. Xabarda aytilishicha, yig‘ilish yopiq rejimda o‘tkazilgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi