Illustrativ foto
Misrda dafn marosimidan to‘rt oy o‘tib, marhum erkakni qabristonda tirik holda topishdi. Bu haqda «Youm 7» portali xabar berdi.
Muhammad al-Gamal shu yil yanvarida yo‘qolib qolgandi. Oilasi uni qancha izlamasin, behuda ketdi. Ular jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Al-Gamal ruhiy xasta bo‘lib, tez-tez uyidan ketib qolish odati bo‘lgan.
Oradan bir qancha vaqt o‘tib, misrlikning oilasiga mahalliy shifoxonada ishlovchi qarindoshi telefon qilib, bu yerga erkak kishining jasadini olib kelishganini aytadi. Deyarli barcha yaqinlari jasad Al-Gamalniki ekanini tasdiqlashadi.
Jasaddan DNK namunasi ham olingan, biroq oilasi test natijalarini ham kutmay uni mart oyida dafn qiladi.
Oradan to‘rt oy o‘tib bir necha yoshlar kechasi qabristonda tentirab yurgan bir odamni ko‘rib qolishadi. Politsiya mahkamasiga keltirilgan bu odam yo‘qolgan Al-Gamal bo‘lib chiqdi... U shuncha payt qayerda bo‘lgan — noma’lum. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi