Ukrainaning Lutsk shahrida salonida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobusni garovga olgan Maksim Krivosh qo‘lga olindi. Garovga olingan barcha yo‘lovchilar qutqarildi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, erkak «BTR» tanki yordamida amalga oshirilgan shturmda qo‘lga olingan. Garovga olinganlar avtobusni tark etishga ulgurgan.
Qurollangan erkak garovdagilarni 21 iyul kuni ertalab soat 10:00 dan buyon ushlab turgan. Kechga yaqin u garovdagilarga suv berilishiga rozilik bergan va uch kishini — keksa ayol, uning nevarasi va homilador ayolni qo‘yib yuborgan.
Shu bilan birga, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy terrorchining talabini bajardi hamda videomurojaat yozib, uni Facebook’da e’lon qildi. Olti soniyalik rolikda prezident 2005 yilda taqdim etilgan «Yerliklar» filmini tomosha qilishga chaqirgan.
Maksim Krivosh qo‘lga olingach, Vladimir Zelenskiy o‘z videomurojaatini o‘chirib tashlagan.
Mazkur kino hujjatli film bo‘lib, unda hayvonlardan ko‘ngilxushlik, ilmiy tadqiqotlar, kiyimlar ishlab chiqarish uchun, shuningdek, oziq-ovqat sifatida foydalanish muammosi ko‘tarilgan.
Avvalroq Ukraina g‘arbidagi Lutsk shahrida noma’lum erkak avtobusni yo‘lovchilari bilan garovga olgani haqida xabar berilgandi. U 1975 yilda tug‘ilgan orenburglik Maksim Krivosh bo‘lib chiqqan. Avtobusda, taxminan, 20 kishi bo‘lgani xabar qilingan. Terrorchi o‘z harakatlariga sabab sifatida u rasmiylar bilan kelisha olmaganini aytgan. U sudlar, vazirliklar, prokuratura, parlament, cherkovlar vakillari, shuningdek, Ukraina oligarxlaridan YouTube’ga o‘zlarining «qonundagi terrorchilar» ekanligi haqida roliklar joylashini talab qilgan.
— Shukhrat (@bankir2102) July 22, 2020“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!