Foto: EPA
Germaniyalik olimlar COVID-19 koronavirusining yuqishi sakkiz metr masofadan ham sodir bo‘lishi mumkin, degan xulosaga keldi. Bu haqda Gelmgols yuqumli kasalliklarni tadqiq qilish markaziga (HZI) tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, olimlar may oyida Shimoliy Reyn-Vestfaliya yeridagi go‘shtni qayta ishlash zavodida koronavirusning tarqalish sabablarini o‘rgangan. Gyuterslo okrugidagi Tönnies konsernida 1500 dan ortiq xodim kasallangan. Go‘shtni qayta ishlash zavodida kasallik avj olgani sababli 2 mingdan ortiq COVID-19 bilan kasallanish holati aniqlangan.
Olimlar koronavirusning korxonada tarqalishi bilan bog‘liq voqealarni qayta qurib, uning bir odamdan bir necha kishiga sakkiz metrdan ko‘proq radiusda yuqishini aniqladi. COVID-19’ning tarqalishi, asosan, havo aylanishi bilan sovitiladigan xonada sodir bo‘lgan.
«Bizning tadqiqotlarimiz SARS-CoV-2 infeksiyasi ish joyida har xil omillarning kombinatsiyasi kasallikni uzoq masofalarga tarqalish imkonini yaratishini tushuntiradi. Endi koronavirusning boshqa sohalarda tarqalishiga qanday sharoitlar sabab bo‘lishi haqida muhim savol tug‘iladi», — dedi Braunshveyg texnologiya universiteti professori va HZI tadqiqot guruhining rahbari Melani Brinkmann.
Tadqiqotning hammuallifi va Geynrix Pette institutining eksperimental virusologiya ilmiy-tadqiqot guruhi rahbari, professor Adam Grundxoffning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqot natijalari past harorat va toza havo bilan yetarli darajada ta’minlanmaganlik fabrikalarda uzoq masofalarga koronavirus tarqalishiga yordam berishini ko‘rsatdi.
«Ushbu omillar butun dunyo bo‘ylab go‘sht va baliqni qayta ishlash zavodlarida yuzaga keladigan virus tarqalishida hal qiluvchi rol o‘ynashi ehtimoldan xoli emas. Aftidan, bunday sharoitlarda infeksiya yuqtirishning oldini olish uchun 1,5 metrdan 3 metrgacha masofa yetarli bo‘lmaydi», — deb ta’kidladi u. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti