2 458
Yuksak didga ega ayol: Koko Shanelning hozirgacha ahamiyatini yo‘qotmagan kiyinish qoidalari
Foto: Getty Images
Koko Shanel nafaqat buyuk modeler, balki o‘ta nozik didga ega bo‘lgan ayol sifatida ham tarixda qolgan. Cosmopolitan Shanelning hozirgi kungacha dolzarb bo‘lgan kiyinish bo‘yicha tavsiyalarini keltirib o‘tdi.
Bijuteriya taqishdan qo‘rqmang
Shanelning o‘zi aksariyat hollarda bijuteriya taqqan, qimmatbaho taqinchoqlarini ko‘z-ko‘z qiladigan ayollarni esa kalandimog‘ deb atagan.
Bugungi kunda sifatli bijuteriya ishlab chiqaradigan talay brendlar bor. Ularni bemalol odatiy kunlarda, bayram va tantanalarda ham taqsa bo‘ladi.
Aksessuarlarni haddan ziyod ko‘p ishlatmang
Koko oxirgi aksessuardan voz kechilganidagina ideal obraz hosil bo‘lishini ko‘p ta’kidlagan. Sumka, taqinchoq, ko‘zoynak, to‘g‘nog‘ichdan foydalanish kerak, biroq me’yorni bilgan holda.
Qulaylik birinchi navbatda
Shanel kiyim rangi, fasoni hamda qanday turishidan ham qulaylik muhimroq, deb hisoblagan.
Foto: Getty Images
Erkakka aylanib qolmang
Ayollar shimini Koko urfga kiritgan bo‘lsa ham, u har doim ayol kishi ayolligicha qolishi kerakligini, kiyinish uslubida ayollik jozibasi aks etishi shartligini ta’kidlardi.
Bir joyda turmang, o‘zgaring
Ayol kishi uslubini tez-tez o‘zgartirib turishi kerak, deb hisoblardi Shanel. Hech qaysi soha rivojlanishdan to‘xtamaydi. Agar siz o‘zingizga yarashadigan obrazni topdim, deb hisoblasangiz, uni sinab ko‘rishdan cho‘chimang.
Yoqtirgan obrazingizni ko‘chirishdan cho‘chimang
Yulduzlarning o‘zingizga yoqqan obrazidan nusxa ko‘chirishdan cho‘chimang. Ularga o‘z didingizdan kelib chiqib, kichik o‘zgartirishlar kiritishingiz ham mumkin. Nima bo‘lganida ham taniqli ayollarning ustidagi kiyim sizda boshqacha ko‘rinadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi