Foto Sergeya Fadeicheva / TASS
«Gazprom» 2020 yil yakunlariga ko‘ra o‘z aksionerlariga 360,784 mlrd rubl dividend to‘ladi. Bu mablag‘ning katta qismi konvertatsiya qilinishi kutilmoqda.
Juma kuni Moskva birjasida dollar kursi 74 rubldan yuqori ko‘tarildi, bu 14 maydan beri birinchi marta yuz berdi. Yevro esa 87 rubldan oshdi. Yevropa valyutasi mart oxiridan buyon bunchalik qimmatlamagandi.
Rossiya valyutasining kuchsizlanishi «Gazprom»ning investorlari hisobiga kelib tushgan dividendlarning konvertatsiya qilinishi bilan izohlanmoqda.
«Gazprom» 2020 yil yakunlariga ko‘ra o‘z aksionerlariga 360,784 mlrd rubl dividend to‘ladi.
«Renessans Kapital» kompaniyasining aksiyalar bozorida ishlash bo‘yicha boshqarmasi direktori Maksim Orlovskiyning so‘zlariga ko‘ra, minoritar aksiyadorlar olgan 2,3 mlrd dollardan 1,5-2 mlrd dollari konvertatsiya qilinishi mumkin.
O‘tgan haftada «Lukoyl» ham rekord miqdorda dividend to‘ladi – dollarga aylantirganda 3,3 mlrd atrofida.
«Bu summaning katta qismi valyuta bozriga chiqdi», — deydi Orlovskiy.
Gazprombankning strategiya markazi boshlig‘i Yegor Susin «Gazprom» dividendlari to‘lanishi va ularning konvertatsiya qilinishidan tashqari, Turkiyaga yo‘l ochilishi ham rubl kursiga ta’sir ko‘rsatdi degan fikrda.
«Odamlar Turkiyada dam olishga otlanmoqda, buning uchun valyutani konvertatsiya qilishmoqda, bu qisqa muddat ichida sodir bo‘layotgani uchun aholining valyutaga bo‘lgan talabi rubl kursiga ta’sir ko‘rsatmoqda», — deydi Susin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Ozish uchun qancha yugurish kerak?
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi