Singapurga keluvchi barcha kishilar, jumladan xorijliklar 2 haftalik karantinda qolish vaqtida maxsus elektron bilakuzuklar taqishi kerak bo‘ladi. Bu haqda mamlakatning ta’lim va inson resurslari vazirliklari hamda immigratsiya va nazorat boshqarmasining qo‘shma bayonotida aytilgan.
Ushbu talab 10 avgust soat 23:59dan kuchga kirib, mamlakat fuqarolari va xorijlik ishchilar hamda ularning oilalari a’zolariga taalluqli bo‘ladi. 12 yoshgacha bolalar ushbu qurilmalarni taqishdan ozod qilinadi.
Ushbu monitoring tizimlari mamlakatga kirish vaqtida beriladi. Agar karantinda bo‘lgan kishi o‘zi yashaydigan joyni tark etmoqchi bo‘lsa, qurilma bu haqida rasmiy idoralarga ma’lum qiladi. Qoidabuzarlar 10 ming Singapur dollari (7,2 ming dollar) miqdoridagi jarima va/yoki 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilinish bilan jazolanishi mumkin, xorijliklar esa deportatsiya qilinadi.
Singapurda majburiy karantin 21 martdan kiritilgan. Shu bilan birga, 15 iyundan hukumat Avstraliya, Bruney, Xitoy, Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya va Yaponiyadan kelganlarga maxsus markazlarda 2 haftalik izolyatsiyadan o‘tish talabini bekor qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat