16:20 / 03.08.2020
2 586

Olimlar inson organizmi immun tizimining koronavirusga qarshi xavfli reaksiyasini aniqladi

Olimlar inson organizmi immun tizimining koronavirusga qarshi xavfli reaksiyasini aniqladi
Foto: Getty Images
SARS-CoV-2 koronavirusi infeksiya chalingan odamda ortiqcha immunitet reaksiyasini keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda Kaliforniya universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga tayanib, MedicalXpress xabar berdi.

Mutaxassislar koronavirus infeksiyasiga chalingan 30 dan ortiq bemorning tahlil natijalarini o‘rganib chiqqan. Natijalar ko‘pchilikning immun tizimi gripp virusiga nisbatan SARS-CoV-2 koronavirusiga agressiv javob qaytargan. Xususan, bu bemorlarning o‘pkasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

«Ularning o‘pkasiga nafaqat virus, balki immunologik kurash sabab shikast yetgan», — deydi eksperimental patalogiya professori Maks Krammel. Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan bemorlarning immuniteti oqibati sabab kasallikning 11-kunida ayrim bemorlarda og‘ir pnevmoniya yuzaga kelayotganini tushuntirib berish mumkin.

Olimlar immun tizimi reaksiyasini susaytirish usulini topish umidida, bu pnevmoniya rivojlanishining oldini oladi. Biroq tibbiyot fanlari doktori va tadqiqot rahbarlaridan biri Kerolin Kalfining ta’kidlashicha, bu oson kechmaydi. «Biz muvozanatni topishga urinyapmiz», — deydi Kalfi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar inson organizmi immun tizimining koronavirusga qarshi xavfli reaksiyasini aniqladi