Yo‘qolgan bolani timsohning qornidan topishdi (foto)

Yo‘qolgan bolani timsohning qornidan topishdi (foto)
Foto: «Wallpaperplay.com»
Malayziyaning Tanjung-Manis shahrida yo‘qolgan o‘smir yigitning jasadini timsohning qornidan topishdi. Bu haqda «International Business Times» nashri xabar bergan.
Yo‘qolgan bolani timsohning qornidan topishdi (foto)
26 iyul kuni 14 yoshli Riki Ganya daryo bo‘yida shilliqqurt izlab yurgan. To‘satdan unga timsoh hujum qilgan. Ganyaning oilasi odam yo‘qolganligi haqida politsiyaga xabar bergan. Hodisa yuz bergan vaqtda bolakayning xolasi shu yaqin orada bo‘lgan. U timsoh o‘ljasini suvga tortib ketganini politsiyaga so‘zlab berdi.
Yo‘qolgan bolani timsohning qornidan topishdi (foto)
31 iyul, juma kuni keng qamrovli qidiruv operatsiyalaridan so‘ng qutqaruvchilar timsohni qo‘lga tushirishdi. Ular yirtqichni tovuq bilan aldab, suvdan chiqarib olishdi va o‘ldirishdi.
Yo‘qolgan bolani timsohning qornidan topishdi (foto)
Politsiya va yo‘qolgan yigitning oilasi ishtirokida sudralib yuruvchi yirtqichni yorib ko‘rishdi. Timsohning qornidan odam qoldiqlari va kiyim parchalari chiqdi. Yigitning qoldiqlari sudtibekspertizaga yuborilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar