2 270
Belarus MSK: prezidentlik saylovlarida Lukashenko 80,23 foiz, Tixanovskaya esa — 9,9 foiz ovoz to‘pladi
Foto: «TASS»
Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida respublikaning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80,23 foiz ovoz to‘pladi, deb xabar beradi «Tut.by».
Muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaka esa, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 9,9 foiz ovoz to‘plagan.
Qolgan ishtirokchilarning natijalari: Anna Kanopatskaya — 1,68 foiz, Andrey Dmitriyev — 1,04 foiz; Sergey Cherechen — 1,13 foiz. Shuningdek, 6,02 foiz saylovchi barchaga qarshi ovoz bergan.
Markaziy saylov komissiyasi raisi Lidiya Yermoshina ovoz berish jarayonlarining dastlabki natijalari nima sababdan 10 avgust kuni ertalab e’lon qilinganiga izoh bergan: «Hukumat uyidan kechasi soat 01:00 da evakuatsiya qilindik. Shu sababli natijalarni faqat ertalab qabul qila oldik».
Avvalroq Belarus prezidenti saylovi uchun mamlakatdan tashqarida tashkil etilgan saylov uchastkalarida prezidentlikka nomzod Svetlana Tixanovskaya 79,69 foiz ovoz olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Belarusda 9 avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyingi norozilik namoyishi boshlangan. Ishtirokchilarini tarqatib yuborish uchun militsiyaning maxsus bo‘linmasi rezina o‘qlardan foydalanishga majbur bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi