
Foto: «Travelinlife.ru»
Singapurda koronavirus infeksiyasiga qarshi Lunar-Cov19 nomli vaksinani klinik sinovdan o‘tkazish boshlandi. Bu haqda bugun, ya’ni 12 avgust kuni «TASS» xabar berdi.
Tajribada 21 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan 100 kishi ishtirok etadi. Oktabrning oxirigacha davom etadigan birinchi bosqich mobaynida olimlar preparatning potensial toksik darajasini baholashadi, shuningdek, organizmdan qanday chiqib ketishini aniqlashadi.
Lunar-Cov19 vaksinasining o‘ziga xosligi shundaki, preparat tarkibida virus butunligicha emas, balki virusning genetik material fragmentlari bo‘ladi xolos. U odam organizmiga tushgach, ushbu elementlar hujayralarni SARS-CoV-2 ga qarshi himoya oqsilini ishlab chiqarishga majburlaydi.
SingapurCOVID-19 VaksinasiKlinik SinovlarLunar-Cov19TASS XabariToksik Daraja O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar