Foto: «Lifehackov.ru»
Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida istiqomat qiluvchi ayol hammomni tozalayotgan vaqtda ikkita yuvish vositasini aralashtirish natijasida vafot etgan, deya xabar berdi «My London» sayti.
19 iyul kuni 34 yoshli Seliya Seymur hammomni dezinfeksiyalovchi vositalar bilan tozalagan va astma xurujidan bo‘g‘ila boshlagan. Yurak-o‘pka reanimatsiyasini bajarishgan va shifoxonaga yetkazishgan. Asoratlar tufayli Seymur sun’iy komaga tushirilgan. To‘rt kundan so‘ng vafot etgan.
Oxirgi besh yil davomida Seymur Atlantico Hand Car Wash avtomobil yuvish joyida boshqaruvchi bo‘lib ishlagan. O‘limidan so‘ng rahbari muassasani uning sharafiga Celia’s Hand Car Wash deb o‘zgartirdi.
«U ajoyib inson edi. Kechasi soat uchda qo‘ng‘iroq qilib, yordam so‘rasang ham, darrov yetib kelardi. U odamlardan yordamini ayamasdi», — deya ta’kidladi tashkilot xo‘jayini.
Seymurning onasi xlor bilan unitazni tozalovchi vositani aralashtirgani halokatli astma xurujiga sabab bo‘lganini taxmin qilmoqda. Yong‘in xavfsizligi xizmati ham bunday xavf-xatarni tasdiqlagan. Seymur o‘limi yuzasidan tergov harakatlari 4 avgust kuni boshlandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi