Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp 2020 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovda asosiy kurashni o‘zining demokratlardan bo‘lgan raqibi Jo Bayden bilan emas, balki OAV bilan ko‘rmoqda. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.
«Mening eng jiddiy raqibim — bu Bayden emas, balki nohalol matbuot», — deya ma’lum qilgan Tramp Fox News’ga bergan intervyusida.
Trampning ta’kidlashicha, u har kuni Baydenni qo‘llab-quvvatlaydigan Amerika OAVlariga qarshi turishga majbur. «Har kuni ular menga ‘bombalar’ otadi. Buni nohalol jurnalistlar qiladi», — deya ta’kidlagan prezident va hozircha ularni eplay olayotganini qo‘shimcha qilgan.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, u matbuotga qarshi turgan chog‘ida «Bayden hatto o‘z yerto‘lasidan ham chiqmaydi, OAV esa u haqda faol ravishda yozmoqda», — deya ta’kidlagan. «U hatto jurnalistlarning savollariga ham javob bermaydi», — deya qo‘shimcha qilgan Tramp. Prezidentning eslatishicha, uning o‘zi deyarli har kuni unga nisbatan salbiy munosabatda bo‘ladigan jurnalistlarga javob beradi.
Tramp va Bayden o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan debatlar haqida gapirar ekan AQSH prezidenti ko‘plab OAVlar ob’ektiv bo‘lmasligidan ogohlantirdi.
«U yerda bir yarim soat tik turish kerak bo‘ladi. Agar Bayden buni shunchaki qila olsa, keyin hech kimning yordamisiz pastga tusha olsa, yangiliklarda u tarixdagi eng ajoyib debatni o‘tkazgani haqida gapirishadi», — deya ta’kidlagan Tramp.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, 2016 yilda u Hillari Klintonga qarshi debatlarga deyarli tayyorlanmagan. «Mening butun hayotim debatlarga tayyorgarlik bo‘lgan», — deya qo‘shimcha qilgan AQSH prezidenti. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor"
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi