
Foto: BBC
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 pandemiyasi ikki yil ichida tugashini kutmoqda. «RIA Novosti» xabariga ko‘ra, tashkilot bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus shunday bayonot berdi.
«Hozirgi vaziyatda ko‘plab texnologiyalarga egamiz. O‘zaro aloqalar qancha ko‘p bo‘lsa, virus shuncha tez tarqaydi, biroq biz uni to‘xtatadigan texnologiyalarga egamiz. Bir tomondan, globallashuv va juda ulkan o‘zaro aloqalar ko‘rinishidagi kamchiligimiz, ikkinchi tomondan, texnologik ustunligimiz bor. Ushbu pandemiyani ikki yil ichida bartaraf etishdan umidvormiz», — dedi Gebreyesus COVID-19 bo‘yicha vaziyatni 1918 yilgi «ispan grippi» epidemiyasi bilan solishtirarkan.
Eslatib o‘tamiz, JSST 2020 yilning 11 mart kuni yangi koronavirus infeksiyasini pandemiya sifatida e’lon qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar