date
views 3 209

Qozog‘iston vaksinasiga baho berildi

Qozog‘iston vaksinasiga baho berildi
Qozog‘iston ta’lim va fan vaziri Asxat Aymagambetov qozog‘istonlik olimlar tomonidan ishlab chiqilgan SARS-CoV-2ga qarshi vaksinani yuqori baholadi. Bu haqda Zakon.kz xabar bermoqda.

Aymagambetovning so‘zlariga ko‘ra, qozog‘istonlik tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksina Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti reyestriga kiritilgan.

Vazir inaktivatsiya qilingan vaksina klinik sinovlardan oldingi ko‘rikdan yaxshi o‘tganini aytgan. Taxminan 25 kun oldin vaksina ishlab chiquvchilari ixtiyoriy ravishda o‘zlarini emlashgan va M i G immunoglobulinlari bo‘yicha «antitelalarning juda tez o‘sishi» kuzatilgan.

Aymagambetovning qayd etishicha, sinovlar davomida vaksinaning aks ta’siri, shuningdek, allergiya keltirib chiqarishi holati ham o‘rganilgan va «dastlabki natijalar juda yaxshi chiqqan».
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston vaksinasiga baho berildi