Kadr: YouTube
28 avgust kuni ixtirochi-milliarder Ilon Mask miyasiga chip o‘rnatilgan cho‘chqani namoyish etdi. Ta’kidlanishicha, Maskning Neuralink kompaniyasi tomonidan yaratilgan chip nevrologik kasalliklarni davolash imkonini beradi.
YouTube’dagi translyatsiya davomida Mask miyasiga tanga kattaligidek (diametri 8 millimetr) keladigan implant o‘rnatilgan cho‘chqani namoyish etgan. «Bu xuddi chanoqqa mayda simlar o‘rnatilgan Fitbit», — deya oydinlik kiritadi Mask.
«Mazkur sog‘lom va baxtli cho‘chqaga ikki oy oldin implant o‘rnatilgan va u ajoyib ishlayapti», — deydi Mask. Uning aniqlik kiritishicha, ishtirokchilar eshitgan davriy qisqa tovushlar neyron impulslari bo‘lib, cho‘chqa tumshug‘idan uning miyasiga bormoqda. Cho‘chqa har safar nimanidir hidlaganida miyadagi qurilma impulslarni qayd etadi.
Mask bu kabi implantlar falajlikni, Alsgeymer kasalligi va telbalikni davolashiga umid qilmoqda. Shuningdek, uning hisoblashicha, implantlar insonga sun’iy intellekt bilan uyg‘unlashish imkonini beradi.
Ilon Mask regulyatorlardan joriy yilda implantni inson miyasiga o‘rnatish bo‘yicha ruxsat olish niyatida.
Neuralink kompaniyasi o‘zining yangi texnologiyasini 2019 yilda taqdim etgan. «Tikuv mashinasi kabi» maxsus robot ipga o‘xshash elektrodlarni inson miyasiga chuqur joylashtirib, uni bemor qulog‘iga qotirilgan «qabul qiluvchi kapsula»ga ulaydi. Avvalroq Mask bu turdagi mukammal texnologiyalarni yaratishga qancha vaqt talab etilishi borasidagi savollarga 5-10 yil, deb javob qaytargan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi