Foto: Carlo Allegri
AQSH prezidenti Donald Trampning aytishicha, Qo‘shma Shtatlarda hech kim bilmaydigan qurollar mavjud. Bu haqda u Michigan shtatiga uchishdan oldin jurnalistlarga aytgan, deb xabar bermoqda «RBK».
«Bizda hech kim bilmaydigan tizimlar mavjud. Rostini aytsam, shu holda qolsa yaxshi bo‘ladi», – dedi Oq uy rahbari.
Uning ta’kidlashicha, AQSH «mukammal qurollar», shu jumladan, yadroviy qurollarni yaratmoqda. Unga ko‘ra, hukumat so‘nggi uch yarim yil ichida armiyaga 2,5 trillion dollar sarflagan va hozirda Amerika armiyasi «har qachongidan ham kuchli».
Amerikalik jurnalist Bob Vudvord o‘zining yaqinda chop etiladigan «Rage» kitobida Amerika rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSHda na Rossiya, na Xitoyda mavjud bo‘lgan yadroviy tizim mavjudligini yozgan.
Avvalroq Tramp Qo‘shma Shtatlarda «super-puper» deb atagan gipertovushli raketa ishlab chiqilishi haqida aytgandi. Amerika rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu raketa hozirgilarga qaraganda 17 baravar tezroq bo‘ladi va 1,6 ming kilometr masofadagi nishonlarga zarba bera oladi.
Keyinchalik CNN Pentagonning yuqori lavozimli amaldoriga murojaat qilib, «super-puper» raketasi shu yilning mart oyida Tinch okeanida sinovdan o‘tgani haqida xabar berdi. Sinovlar paytida uning tezligi ovoz tezligidan 17 marta oshib ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin