Foto: «The New Daily»
Insoniyatni qaysi tahdidlar ko‘proq xavotirga solmoqda? Ushbu savolga javob izlagan Pyu tadqiqotlar markazi (Pew Research Center) mutaxassislari 14 mamlakatda keng ko‘lamli so‘rovnoma o‘tkazishdi.
Kutilmagan natijalar... Avjiga chiqayotgan pandemiyaga qaramasdan, yuqumli kasalliklar tahdidlarning «birinchi raqamlisi emas». Xo‘sh, unda odamlar nimalardan ko‘proq qo‘rqishadi, fikrlar o‘tgan yillarga nisbatan qaysi tomonga o‘zgardi?
Qo‘rquvning yoshi, jinsi, sinfi yoki global tahdidlar
COVID-19 butun dunyoni larzaga solmoqda, so‘rovnoma o‘tkazilgan 14 mamlakatda yashovchilar koronavirusni, umuman, yuqumli kasalliklarni xavfli tahdid deb hisoblashadi. Ammo tadqiqotga qo‘shilgan Yevropa mamlakatlaridagi aksariyat respondentlar iqlim o‘zgarishlaridan ko‘proq xavotirdalar.
Iqtisodiyoti rivojlangan 14 mamlakatda yashovchilarning har o‘n nafaridan yetti nafari global iqlim o‘zgarishlari va yuqumli kasalliklarni eng jiddiy tahdidlar deb hisoblashadi. Har o‘n respondentning olti nafari esa terrorizm, boshqa mamlakatlardan uyushtiriladigan kiberhujumlar va yadroviy hujumlardan qo‘rqishadi.
14 mamlakatning 8 tasida (7 tasi Yevropa mamlakati) iqlim o‘zgarishlari «birinchi raqamli» tahdid sanaladi. Besh mamlakat, xususan, AQSHda yashovchilar koronavirusni birinchi o‘ringa qo‘yishgan. Avstraliya va Daniyada yashovchilar nazarida esa kiberhujumlardan yomoni yo‘q.
Tadqiqot o‘tkazilgan mamlakatlarda yashovchilar (eslatib o‘tamiz, ular o‘ziga to‘q fuqarolar)ni eng kam tashvishga solayotgan muammolar: global qashshoqlik, mamlakatlar, etnik guruhlar o‘rtasidagi azaliy nizolar, qochoqlar masalalari.
Bir necha yillar avval Italiya va Buyuk Britaniyada yashovchilar Iroq va Suriyadan qochoqlar kelishini eng katta tahdid sifatida ko‘rishayotgandi. Endi esa 14 mamlakatdan 11 tasida global qochoqlar muammosiga tahdidlarning eng xavfsizi deb qaralmoqda.
COVID-19 oqibatida global iqtisodiyot jiddiy tanazzulga uchradi. So‘rovnoma oxirgi marta o‘tkazilgan 2018 yildan beri jahon iqtisodiyotining holati odamlarni ko‘proq tashvishlantirmoqda: bu safar 14 ta mamlakatning 10 tasida ushbu holat tasdig‘ini topdi.
2016 yildan beri kiberhujumlardan xavotirlanuvchilar soni tinmay oshmoqda, xususan, Avstraliya, Niderlandiya, Yaponiya va Kanadada.
Yoshi kattalar xavfsizlik borasidagi tahdidlardan ko‘proq xavotirlanishadi — 50 yoshdan kattalarning 72 foizi. 18 dan 29 yoshgacha bo‘lganlar orasida esa bu ko‘rsatkich 53 foizga teng. Xuddi shunday yoshga doir nisbatlarni kiberhujumlar va yadroviy qurollar borasida ham ko‘rish mumkin.
Ayollar esa iqlim o‘zgarishlari va terrorizm xavfidan eng ko‘p tashvishdalar, qolaversa, ularning fobiyalari ro‘yxatida yuqumli kasalliklar va global qashshoqlik ham bor.
G‘oyaviy nuqtai nazardan yondashilganda aksariyat mamlakatlardagi so‘l siyosiy kuchlarni eng ko‘p tashvishlantirayotgan muammo — iqlim o‘zgarishlari, o‘ng kuchlar esa terrorizm va global migratsiya muammolarini birinchi planga olib chiqishgan.
Pew Research Center tadqiqotlari telefon orqali 2020 yilning 10 iyunidan 3 avgustiga qadar o‘tkazilgan. Tadqiqotda qatnashgan mamlakatlar: Avstraliya, Belgiya, Kanada, Daniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Niderlandiya, Janubiy Koreya, Ispaniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya va AQSH. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi