Foto: «Outdoorsfirst.com»
Amerikaning Illinoys shtatidan professional baliqchi Jeff Kolodzinskiy 24 soatda 2645 ta baliqni tutib, shaxsiy jahon rekordini yangiladi. Bu haqda UPI portali xabar berdi.
Jeff baliq ovini 9 sentabr kuni mahalliy vaqt bilan ertalab soat 9 da boshlab, roppa-rosa bir kecha-kunduzdan so‘ng nihoyasiga yetkazdi. U 24 soat ichida qarmoq yordamida 2645 ta baliqni tutib, o‘zining o‘tgan yilgi rekordini yangiladi. O‘shanda bir kecha-kunduzda 2172 ta baliq tutib, Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgandi.
Bu safar baliqchi Ginnessning rekordlar kitobi vakillariga dalil sifatida yuborib, rasman ularning e’tirofiga sazovor bo‘lish uchun baliq ovini kameraga muhrladi. U baliq ovi yordamida «Fishing For Life» (Hayot uchun baliq ovi) xayriya jamg‘armasi uchun 20 ming dollar to‘plashni rejalashtirgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi