Foto: «Press.ru.porsche.com»
«Welt am Sonntag» nashri talqiniga ko‘ra, «Lidl» va «Kaufland» supermarketlar tarmog‘i asoschisi Diter Shvars Germaniyaning eng boy odamlari reytingida yetakchilik qilmoqda.
«Kaufland» savdo tarmog‘i va «Lidl» diskaunterlar tarmog‘i asoschisi Shvarsning mol-mulki 41,8 milliard yevroga baholangan. 113,3 milliard yevro aylanmasiga ega «Schwarz Group» guruhi ham Germaniyaning eng yirik oilaviy kompaniyasiga qarashli.
Reytingdagi ikkinchi pog‘onani Rayman oilasi egallagan bo‘lib, «Jacobs Douwe Egberts» va «Coty» kompaniyalari ulushiga egalik qiladi. Uning boyligi 21,45 milliard yevroni tashkil etadi.
Kuchli uchtalikka 20 milliard yevroga ega Volfgang Porshe oilasi yakun yasab bergan.
Nashrning ta’kidlashicha, Germaniyaning 1000 ta eng boy fuqarosining mablag‘i 1,1 trillion yevroga teng. Hatto, koronavirus inqirozi ham ularning muvaffaqiyat qozonishiga unchalik xalaqit bermadi. O‘tgan yil bilan taqqoslaganda ularning boyligi 0,76%ga ko‘paygan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...