Foto: Milliyet
Taniqli turk aktrisasi Hulya Avshar Ayvalikdagi 55 million liralik (7 million dollar) orolni sotib oldi. Bu haqda turk OAV xabar berdi.
Qayd etilishicha, aktrisa orolni qizi Zehraga olib bergan.
Aktrisaning aytishicha, bir necha yillardan buyon orol egalari bilan muzokara olib borayotgan edi. Orol anchagina qimmat bo‘lsa ham, uni sotib olish orzusidan voz kecha olmagan.
Foto: Milliyet
Avshar orolda tennis kortlari va dam olish zonalarini qurishni rejalashtirmoqda. Uning aytishicha, bu uning hayotidagi eng omadli xarid.
Ma’lumot uchun, Hulya Avshar reytingi baland bo‘lgan ko‘rsatuvlarning boshlovchisi, xonanda, shuningdek, o‘zbek tomoshabinlariga «Muhtasham yuz yil: Ko‘sem» serialidagi Safiya sulton obrazi bilan tanilgan aktrisa hamdir.
U bir necha marta xalqaro tanlovlarda eng yaxshi aktrisa va xonanda sifatida e’tirof etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar