Foto: «Sputnik»
Afg‘oniston Tog‘li Qorabog‘ hududida yuzaga kelgan mojaroda Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.
Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, Tog‘li Qorabog‘ hududi Ozarbayjonning bir qismi sifatida xalqaro miqyosda tan olingan.
«Afg‘oniston Tog‘li Qorabog‘ning egallab olinishi to‘xtatilishini talab qiladi. Bu yo‘nalishda Ozarbayjon xalqi va hukumati hamda boshqa davlatlarning harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi», — deyiladi bayonotda.
Tog‘li Qorabog‘da Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi harbiy harakatlar 27 sentabrda qayta boshlandi. Har ikki mamlakatda ham harbiy holat e’lon qilindi va safarbarlik boshlandi. Ikkala tomon ham bir-birlarini tajovuzda ayblamoqda va o‘zlarining muvaffaqiyatli javob harakatlari haqida xabar berib bormoqda.
Tog‘li Qorabog‘dagi janglarda artilleriya va og‘ir texnikadan foydalanilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Ozarbayjon va Armanistonni harbiy harakatlarni tezda to‘xtatishga hamda mojaroni suverenitet va hududiy yaxlitlik tamoyillariga rioya qilgan holda tinch yo‘l bilan bartaraf etishga chaqirdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi