Istanbulning Uskudar tumani, 29 sentabr / Foto: Anadolu Agency
Bugun, 29 sentabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida kuchli jala quyishi kuzatilmoqda. Shaharning ko‘plab ko‘chalari va yer osti o‘tish yo‘llarida suv toshqinlari yuzaga kelgan.
Ko‘chalar suv bosishi oqibatida 15 milliondan ortiq aholiga ega Istanbulning asosiy ko‘chalarida avtomobillar va hatto tramvay harakati ma’lum muddatga to‘xtab qolgan.
Daily Sabah xabariga ko‘ra, shaharning Osiyodagi qismida qisqa muddat yong‘oq kattaligidagi do‘l yog‘ib, avtomobillarga ziyon yetkazgan.
Sharros yomg‘ir kunduzi mahalliy vaqt bilan soat 11:00 atrofida boshlangan. Metereologlar ma’lumotiga ko‘ra, Istanbul va u joylashgan Turkiyaning sharqiy qirg‘oqlarida bugun kun so‘nggiga qadar kuchli yomg‘ir yog‘ishda davom etadi.
Tabiiy ofatdan tan jarohati olganlar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.
Turk meteoxizmati mamlakatning boshqa shaharlari, jumladan poytaxt Anqarada ham seshanba kuni kuchli jala quyishidan ogohlantirgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi