Foto: Esquire
Singapur aviakompaniyasi “Singapore Airlines” koronavirus pandemiyasi sababli ikkita Airbus A380 samolyotini restoranga aylantirdi. Tashrif uchun chiptalar sotuv boshlangandan keyin 30 daqiqa ichida sotilib ketdi, deb xabar bermoqda Esquire.
Samolyotlar Changi aeroportida ovqatlanish uchun 2020 yilning 24 va 25 oktabr kunlari ishlaydi. Kechki ovqat mehmonlarga qanchalik xizmat ko‘rsatilishiga qarab 39 dan 473 dollargacha tushishi mumkin.
Foto: Esquire
Shu bilan birga, “Singapore Airlines” mehmonlarga ikki xil spirtli ichimlikni bepul va bir necha turdagi boshqa ichimliklarni taklif etadi. Bundan tashqari, kechki ovqatdan avval aviakompaniya xodimlari xohlovchilar uchun samolyot bo‘ylab ekskursiya o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, restoran vazifasidagi samolyotning har biri yarmigacha to‘lishi rejalashtirilgan. Doimiy Airbus A380 reyslari aslida 471 nafar kishini qabul qila oladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi