Foto: «Daily Mail»
Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan global iqtisodiy inqirozga qaramay, Xitoyning o‘ta boy odamlari o‘tgan yili rekord darajada 1,5 trillion dollar ishlab topishdi. Bu haqda «Daily Mail» xabar berdi.
Tahlilchilarning qayd etishicha, «dunyo bir yil ichida shu darajada ko‘p boylik orttirgan holatni hech qachon ko‘rmagan». Xitoyda 257 nafar yangi milliarder paydo bo‘ldi. Mamlakatning eng boy odami Jek Maning mol-mulki 45 foizga ko‘payib, 58,8 milliard dollarga yetdi. Uning «Alibaba» kompaniyasi esa inqirozdan natijalarini yaxshilash orqali foyda ko‘rdi.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi tadbirkorlar ham o‘z mablag‘larini ko‘paytirib olishdi. Mana, masalan, vaksinalar ishlab chiqaruvchi «Zhifei» kompaniyasi asoschisi Szyan Jenshen boyligini uch baravarga ko‘paytirib, 19,9 milliard dollarga yetkazib oldi. Xitoylik biznesmenlar ham dunyo miqyosida niqob va tibbiy buyumlarga talab oshishidan foydalanib qolishdi. Umumiy eksport hajmi sentabrda oldingi yil bilan taqqoslaganda 9,9 foizga oshdi.
Xitoy iqtisodiyoti joriy yil yanvardan sentabrga qadar 0,7 foizga o‘sdi. Aholi daromadi yillik hisobotda 3,9 foizga oshdi. Joriy yilning ikkinchi choragida aynan Xitoy G20ning iqtisodi o‘sgan yagona davlatiga aylandi.
Koronainqiroz sharoitida iqtisodiyoti tiklanishda davom etayotgan yagona mamlakat Xitoy bo‘lib, yalpi ichki mahsuloti uchinchi chorakda o‘tgan yilga solishtirganda 4,9 foizga o‘sgani haqida xabar bergandik. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi