Foto: Getty Images
Dunyoda koronavirus pandemiyasi yil oxiriga kelib infeksiyaning mavsumiyligi sababli kuchayadi, ammo 2021 yil boshidan vaziyat yaxshilana boshlaydi, deb taxmin qilmoqda Microsoft asoschisi Bill Geyts. U bu haqda 21 oktabr kuni GeekWire Summit virtual konferensiyasida aytib o‘tgan.
«Yaxshi yangilik shuki, shu yilning oxiriga yoki kelasi yil boshiga kelib, samaraliroq davo preparatlari, xususan birinchilardan bo‘lib monoklonal antitanalar paydo bo‘la boshlaydi», – degan Bill Geyts.
Geytsning tushuntirishicha, monoklonal antitanalar immun hujayralarini – leykotsitlarni klonlash orqali hosil qilinadi. Ushbu antitanalar patogenlarning aniq bir qismiga ta’sir etishga mo‘ljallangan.
Monoklonal antitanalar bilan eksperimental davolanishni yaqinda koronavirusga chalinib tuzalib chiqqan AQSH prezidenti Donald Tramp qabul qilgan edi.
Avvalroq Bill Geyts koronavirus epidemiyasi tugashining taxminiy vaqtini aytgan edi. Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 insoniyat bilan «abadiy qolmaydi» va uzog‘i bilan 2022 yilda nihoyasiga yetadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?