Foto: Christian Hartmann / Reuters
Yevropaning eng badavlat oddami, LVMH (Louis Vuitton Moet Hennessy) kompaniyalari guruhi rahbari Bernar Arnoning boyligi bir hafta ichida 8 mlrd dollarga ko‘payib, umumiy hisobda 122 mlrd dollarga yetdi.
Forbes nashrining xabar berishicha, koronavirus pandemiyasidan kuchli aziyat chekkan hashamat buyumlari bozorining o‘tgan haftadan beri tiklanishi alomatlari paydo bo‘ldi. Buning ortida LVMH aksiyalari 15 oktabrdan 22 oktabrgacha 6 foizga qimmatladi.
Yil boshida Arno bir necha marta dunyoning eng boy odamiga aylangandi. Biroq pandemiya boshlangandan keyin fransiyalik tadbirkor yetakchi pozitsiyalarni yo‘qotgan.
Arno ayni vaqtda Forbes’ning milliarderlar ro‘yxatida 2-o‘rinni egallamoqda. Reytingda yetakchi o‘rinni 188 mlrd dollar bilan Amazon asoschisi Jeff Bezos, 3-o‘rinni esa Microsoft asoschisi Bill Geyts 117 mlrd dollar bilan egallamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi