Foto: «Nv.ua»
Filippinda Goni tayfuni oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi va uch kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda «TASS» xabar qildi.
Unga ko‘ra, Olbay viloyatida 10 nafar odam halok bo‘lgan. Ularning orasida besh yoshli bola ham borligi ta’kidlanmoqda. Bundan tashqari, Katanduanes provinsiyasida tabiiy ofat natijasida yana olti kishi halok bo‘lgan. Tayfun natijasida Ginobatan munitsipalitetida 3 kishi yo‘qolgan.
Mamlakat Milliy kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, tayfun 372 mingdan ortiq oila yoki 2 million kishiga zarar yetkazgan. Hukumat qariyb 390 ming kishini yashash joylaridan evakuatsiya qilgan. Yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Ta’kidlanishicha, qariyb 8,5 mingta uy elektr ta’minotidan mahrum bo‘lgan. Mintaqadagi ko‘plab yo‘llar yaroqsiz holga kelishi natijasida favqulodda xizmatlarning zarar ko‘rgan hududlarga yetib borishi qiyinlashgan.
Ma’lumot uchun, 1 noyabr kuni Filippinning Katanduanes provinsiyasiga Goni super tayfuni urildi. Mahalliy atmosfera, geofizika va astronomik tadqiqotlar xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Goni Filippinni 20 kilometr/soat tezlik bilan tark etadi.
Agar bo‘ron tezligi va yo‘nalishini saqlab qolsa, u 3 noyabr kuni mamlakat hududini tark etishi mumkinligi qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi