
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp Mudofaa vaziri Mark Esper, Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Jina Xaspel va Federal qidiruv byurosi (FQB) rahbari Kristofer Reylarni ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “The Washington Post” kolumnisti Josh Rogin o‘zining prezident apparatidagi ko‘plab manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Pentagon va MRB rahbarlarini bugunoq ishdan bo‘shatishi mumkin. Shuningdek, FQB rahbari ham «ketadiganlar» ro‘yxatida bor. Lekin boshqa manbalar Donald Tramp rejalarini o‘zgartirib Reyni o‘z lavozimida qoldirishini aytgan.
Josh Roginning izohlashicha, Tramp yuqoridagi oliy martabali mansabdorlarni prezidentga sadoqatli bo‘lmagani va har doim ham u xohlaganidek harakat qilmagani uchun ishdan olishni xohlamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar