
Foto: Getty Images
Demokratlar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod Jo Bayden elektorat mandatini qo‘lga kiritdi va yaqin orada AQSHning qonuniy ravishda saylangan prezidentiga aylanadi.
Bu haqda AQSH Vakillar palatasi spikeri demokrat Nensi Pelosi Vashingtondagi matbuot anjumanida aytib o‘tgan.
Pelosi Baydenning g‘alabasini tarixiy deb atagan va u muqarrarligini ta’kidlagan.
“Jo Bayden bunday ajoyib vakolatga ega bo‘lgan kunda sizning oldingizga chiqish juda yoqimli. Tez orada u vitse-prezidentdan prezident etib saylanadi», degan Pelosi. Jo Bayden Barak Obama prezidentlik davrida vitse-prezident bo‘lgan.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, AQSH prezidentlik saylovlarining yakuniy natijalari hali e’lon qilingani yo‘q. Ya’ni, bir necha muhim shtatlarda ovozlarni hisoblash yakunlanmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar