Foto: Pixabay
Olimlar Himoloy tog‘lari havosidagi zarralarni tahlil qilib, ularda muzliklar erishini tezlashtiruvchi “jigarrang uglerod” katta miqdorda borligini aniqlashdi. Bu haqda Environmental Science & Technology Letters nashrida ma’lum qilingan.
Atmosfredagi uglerod chiqindilari “qora” va “jigarrang” uglerodga bo‘linadi. “Qora” uglerod moddaning yuqori haroratlarda to‘liq yonmaganida hosil bo‘ladi va qurumning asosiy komponenti hisoblanadi. “Jigarrang” ulgerod esa kislorod bilan aralashgan uglerod bo‘lib, u azot, oltingugurt va kaliy kabi elementlar izlariga ega. Bunday uglerod biomassa yoki o‘simliklarning yonishida hosil bo‘ladi va ko‘ndalangiga 200 nanometr o‘lchamdagi mitti qatron sharchalar shakllanishiga olib keladi.
Olimlar jamoasi Himoloy tadqiqot stansiyasidagi havodan namuna olib, undagi ming zarradan 28 foizi qatron sharchalar ekanini aniqlashgan. Olimlar arxivlarni ko‘zdan kechirib, sharchalar ulushi havo ifloslanishi yuqori bo‘lgan kunlarda, jumladan dalalarda bug‘doy poyalari yoqilganda oshganini aniqlashgan.
“Jigarrang” uglerod yorug‘lik va issiqlikni yutadi. U sababli qor va muz quyosh nurlarini qiyin qaytaradi va muzliklar eriy boshlaydi.
Ta’kidlanishicha, sayyoramizdagi eng baland cho‘qqilarga ega bo‘lgan Himoloy tog‘larida Arktika va Antarktika tashqarisidagi muzlik qorining eng katta zaxirasi mavjud. Shu sababli Himoloy ba’zida “sayyoraning uchinchi qutbi” deb ham ataladi. Ammo ko‘rinishicha, tog‘larning balandligi va olisdaligi ham ularni sanoat chiqindilaridan himoyalay olmagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi