Foto: Twitter / UESTC
Xitoy 6G tarmog‘ining birinchi sinov sun’iy yo‘ldoshini fazoga chiqardi. Qurilma 6-avlod tarmog‘i tajribaviy texnologiyasi qanchalik yaxshi ishlashini ko‘rsatishi lozim. Qurilma yana 12ta boshqa sun’iy yo‘ldosh bilan birga Tayyuan kosmodromidan uchirilgan Long March 6 raketasi yordamida orbitaga chiqarilgan.
Tinyan 05 nomi bilan ma’lum bo‘lgan sun’iy yo‘ldosh Chengdu Guoxing Aerospace Science and Technology, Xitoy elektron fanlar va texnologiyalar universiteti hamda Beijing MinoSpace Technology kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.
70 kg keladigan sun’iy yo‘ldoshdan ko‘zlangan asosiy maqsad Yerni masofadan zondlashdan iborat. Texnologiya ma’lumotlarni uzatishning 5G tarmog‘i tezligidan bir necha marta yuqoriroq tezligiga erishish uchun yuqori chastotali teragers to‘lqinlari qo‘llanishini ko‘zda tutadi.
Teragers diapazondagi aloqa bir nechta ustunliklarga ega. Bu ustunliklarga ma’lumotlar uzatilishining yuqori tezliklari va aloqani tatbiq qilishning osonligini kiritish mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi