Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp o‘z jamoasi prezident saylovlari o‘tkazilishida sodir etilgan firibgarliklar haqida yozma ko‘rsatmalarga egaligini aytdi. Tramp bu haqda tvitterda ma’lum qildi.
“Biz saylovlarga yakun yasash bosqichini endigina boshlamoqdamiz. Biz qoidabuzarliklar haqidagi bu da’volarni ko‘rib chiqishimiz kerak. Biz saylovlardagi firibgarliklar haqida yozma ko‘rsatmalar olmoqdamiz”, deb aytilgan Tramp xabarida.
AQSH prezidenti Pensilvaniya shtatida ko‘plab byulletenlar shaxslarini aniqlashning imkoni bo‘lmayotgan odamlar tomonidan to‘ldirilganini qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq Tramp saylovlardagi mag‘lubiyatini tan olmasligini va sud orqali ovozlar adolatli hisoblanishiga erishishini aytgandi.
AQSHning yetakchi OAVlari - ABC News, FOX News, CNN, AP va NBC AQSH prezidenti saylovlarida Jo Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Hozircha saylovlarga rasman yakun yasalmagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi