Foto: Getty Images
Sherlok Xolmsning Londondagi Beyker-stritda joylashgan uyi Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning qiziga tegishli. Bu haqda The Times nashri xabar berdi.
Sherlok Xolmsning uyidan (221V) tashqari, Beyker-stritdagi 215- va 237-uylar orasidagi bino va yerlar ham Nazarboyevlar oilasiga qarashli. Ko‘chmas mulklarning umumiy qiymati 140 million funt sterling (185,6 million dollarga yaqin) deb baholanmoqda.
Gazetaning ma’lumot berishicha, 2015 yilda Beyker-stritdagi mulklarining 90 foizi Darig‘a Nazarboyevaga, 10 foizi esa uning o‘g‘li Nurali Aliyevga tegishli bo‘lgan. Ammo ularning rasmiy egasi sifatida Farmont Baker Street Limited firmasi ko‘rsatilgan. Firmani keyinchalik BAA kompaniyasi sotib olgan.
Beyker-stritdagi ko‘chmas mulklar Nuralining otasi, biznesmen Rohat Aliyevga tegishli ekanligi 2015 yilda ma’lum bo‘lgandi. U keyinchalik davlatga xiyonat, qotillik va jinoiy guruh tuzishda ayblangan. Aliyev o‘sha yili Avstriyadagi qamoqxonada o‘z joniga qasd qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
“Barselona”da yangi mojaro boshlandi
Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor"
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”