Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Trampning Alyaska shtatidagi saylovlarda g‘alabasi ta’minlandi. Bu esa Trampga saylovchilar hay’ati vakillarining yana 3ta ovozini beradi.
NBC va CNN telekanallarining ma’lum qilishicha, Tramp shtatdagi saylov byulletenlarining 75 foizi qayta ishlangandan keyin 57 foiz, uning raqibi Jo Bayden esa 39,1 foiz ovoz oldi.
Shu tariqa Trampning hisobida endilikda saylovchilar hay’ati vakillarining 217ta ovozi bor. Bayden hisobida esa 279ta (ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra 259ta) ovoz bor.
Bir qator shtatlarda ovozlar hisoblanishi davom etmoqda.
Tramp saylovlardagi mag‘lubiyatini tan olmayapti. Uning ta’kidlashicha, saylovlar vaqtida ovozlar soxtalashtirilishi va firibgarliklarga yo‘l qo‘yilgan. Amaldagi prezident bu holatlar bo‘yicha sudlashmoqchi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin