2 748
Yevroittifoq Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini sotib olmasligi sababini izohladi
Foto: RIA Novosti
Yevroittifoq koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda YEI mamlakatlarida ishlab chiqarilgan vaksinalardan foydalanmoqchi. Yevrokomissiya rasmiy vakili Erik Mamer Rossiyaning «Cputnik V» vaksinasi sotib olinmasligi sababini ana shunday izohladi.
«Biz o‘z vaksinasini Yevropada ishlab chiqaradigan yoki ishlab chiqarmoqchi bo‘lgan korxonalarga e’tibor qaratamiz», — dedi u.
Avvalroq “Sputnik V”ni ishlab chiqqan Gamaleya nomidagi markaz direktori Aleksandr Ginsburg vaksinaning barcha partiyasi davlat tomonidan sotib olingani va savdoga chiqarilmasligini ma’lum qilgandi.
“Sputnik V” vaksinasi Rossiyada 11 avgustda ro‘yxatdan o‘tkazilgandi. Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining ta’kidlashicha, bunday vaksinalarni qo‘llash tajribasi ular 2 yilgacha immunitet berishini ko‘rsatadi. Vaksinaning birinchi partiyasi 12 sentabrda Rossiya hududlariga jo‘natilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan"
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi