Foto: EPA
Perimetr majmuasi Rossiya hududida yadroviy portlashlarni sezishi bilan avtomatik ravishda yadroviy raketalarni uchirishga buyruq beradi.
AQSH Davlat departamenti Rossiyaning Yevropada “O‘lik qo‘l” deb nomlangan, yadroviy javob zarbasi beradigan Perimetr majmuasidan xavfsiramoqda. Bu haqda AQSH davlat kotibining xalqaro xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Kristofer Fordning hisobotida aytilgan.
"Ayrim OAV ma’lumotlariga ko‘ra 1980-yillarda Sovet ittifoqida yaratilgan va qurollanishda mavjud bo‘lgan Perimetr yoki “O‘lik qo‘l” tizimi borasida ham savollar kelib chiqadi. 2011 yilda uning mavjudligini strategik ahamiyatga ega raketa qo‘shinlari qo‘mondoni tasdiqlagan", - deyiladi hisobotda.
"Agarda ushbu tizim haqiqatan mavjud bo‘lsa va aytilganidek ishlasa, Perimetr Rossiya hududida yadroviy portlashlarni sezishi bilan mamlakat yadroviy arsenalidagi raketalarni uchirishga avtomatik ravishda buyruq beradi va shundan so‘ng uning kompyuter miyasi bosh shtab bilan aloqa o‘rnata olmaydi", - dedi Ford.
"Yadroviy qurollar borasida axloqiy masalalardan xavotirlanadigan har qanday insonda Perimetr bo‘yicha noxush savollar paydo bo‘ladi", - deb qo‘shib qo‘ydi u.
Qayd etilishicha, Perimetr majmuasi Rossiya hududiga yadroviy zarba berilganida qanday javob qaytarish bo‘yicha o‘zi mustaqil ravishda qaror chiqaradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi