Foto: REUTERS / Carlos Barria
AQSH prezidenti Donald Tramp saylovlarda mag‘lub bo‘lishiga farmatsevtika va texnologiyalar sohasidagi yirik kompaniyalar, shuningdek ommaviy axborot vositalari turtki bo‘lganini aytdi.
«Yirik farmatsevtika kompaniyalari saylov oldi kampaniyasi davomida menga qarshi millionlab dollarlik negativ reklamalarni boshladilar. Yirik farmatsevtika kompaniyalari, OAV bizga qarshi edi. Texnologik kompaniyalar bizga qarshi edi», – dedi Tramp.
Shuningdek, u yirik dori ishlab chiqaruvchisi «Pfizer» kompaniyasini amaldagi prezidentning g‘alaba qozonish imkoniyatini oshirmaslik uchun Germaniyaning BioNTech kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan vaksinaning muvaffaqiyati to‘g‘risidagi xabarlarni ataylab kechiktirganlikda aybladi.
AQSHda prezident saylovi 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Amerikaning yetakchi ommaviy axborot vositalari demokrat Jozef Baydenning g‘alabasini e’lon qildi. Ko‘plab dunyo rahbarlari uni allaqachon tabriklashga ulgurishdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi