2 298
Estoniya prezidenti farzandlarini maktabga xizmat mashinasida olib borgan vazirni ishdan bo‘shatdi
Maylis Reps / Foto: Henri-Kristian Kirsip
Estoniya prezidenti Kersti Kalyulayd farzandlarini xizmat mashinasida olib yurgani uchun mamlakat ta’lim va fan vaziri Maylis Repsni lavozimidan ozod qildi. Bu haqda mamlakat prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Reps farzandlarini maktab va to‘garaklarga xizmat mashinasida olib borgani to‘g‘risida OAV bong urganidan so‘ng iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi.
"Vazir va ona rolini aralashtirib yuborganligim sababli kuchli bosim ostida qoldim. Xatoga yo‘l qo‘yganimni tan olaman va uzr so‘rayman", - deb yozdi Reps ijtimoiy tarmoqlarda.
U farzandlari voyaga yetishi va tarbiyalanishi uchun tinch muhit yaratmoqchi ekanligini aytdi hamda ish va oilaviy hayotni aralashtirib xato qilganligi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga tayyorligini bildirdi.
Estoniyaning Ohtuleht gazetasi uch kun davomida Reps va uning oilasini kuzatgan va u farzandlarini maktab va to‘garaklarga xizmat mashinasida olib borgani aks etgan fotosuratlarni chop etgandi. Bu esa jamiyatda vazirga nisbatan e’tirozlar uyg‘onishiga sabab bo‘ldi.
Reps to‘rt bor Estoniya ta’lim va fan vaziri lavozimini egallagandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi