
Koronavirusni yuqtirgan odam alomatlar paydo bo‘lishidan ikki-uch kun oldin (hidni yo‘qotish, zaiflik va yo‘tal) boshqalarga katta xavf tug‘dirishi mumkin.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, kasallikning dastlabki kunlarida, hatto koronavirusning yengil shakli bo‘lgan bemorlarda ham yuqori nafas yo‘llaridan viruslar ko‘p miqdorda tarqalishi mumkin. Infeksiya yuqtirilganidan keyingi birinchi hafta davomida bemorlar virusni faol ravishda tarqatishadi.
Ayniqsa, kasallikning 4-kunida yuqori nafas yo‘llaridan virus juda ko‘p darajada yoyiladi.
Mutaxassislarga ko‘ra, kasallikning o‘rtacha-og‘ir va og‘ir shakllarida virusni yuqori nafas yo‘llaridan ajratish ko‘p hollarda uch haftagacha, yengil infeksiyalarda esa 10 kungacha davom etadi.
Shu bilan birga, ayrim bemorlarda virus yuqori nafas yo‘llaridan 70 kungacha ajralish mumkinligi aniqlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar