Foto: RIA Novosti
Ozarboyjon qo‘shinlari Tog‘li Qorabog‘dagi yarashuv kelishuviga ko‘ra avval Armaniston tomonidan egallangan Kelbajar tumaniga kirdi. Bu haqda Ozarboyjon mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda harbiylar tog‘li yo‘llarni tayyorlash va hududni minalardan tozalash ishlarini olib bormoqda.
“Uch tomonlama bayonotga ko‘ra, Ozarboyjon armiyasi 25 noyabrda Kelbajar tumaniga kirdi. Bo‘linmalarimizning ushbu yo‘nalishda harakatlanishini ta’minlash uchun muhandislik ishlari yakunlandi, hududni minalardan tozalash ishlari olib borilmoqda va qo‘shinlar harakatlanishi yo‘nalishi bo‘yicha o‘tish qiyin bo‘lgan tog‘ yo‘llari hozirlanmoqda”, deb ma’lum qilingan xabarda.
Boku kelishuvga ko‘ra tumanga 15 noyabrda kirishi kerak edi. Biroq Ozarboyjon rahbariyati tinch aholi belgilangan muddatgacha ushbu hududni tark etishga ulgura olmagani sababli qo‘shinlar kiritilishini 25 noyabrgacha qoldirishga rozi bo‘lgan. 1 dekabrgacha Ozarboyjon nazoratiga Ag‘dam va Lochin tumanlari ham o‘tadi.
Tog‘li Qorabog‘da Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasidagi jangovar harakatlarni to‘xtatish haqidagi kelishuv 9 noyabrda imzolangandi. U Ozarboyjonga ma’lum hududlarning berilishi, ushbu hududlardan Armaniston qo‘shinlarining olib chiqilishi va Rossiya tinchlikparvar kuchlari kiritilishini ko‘zda tutadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi