Foto: «News.yandex.com»
Janubiy Chexiyada ov paytida g‘alati hodisa yuz berdi. Kiyik ovchilardan birining qurolini «tortib olib», o‘rmonga yashiringan. Na o‘rmonchilar, na politsiyachilar «qurollangan» hayvonni topisholmayapti, deya xabar berdi «RIA Novosti».
«Aftidan, ov paytida itlar kiyikni qo‘rqitib yuborgan ko‘rinadi. Vahimaga tushib qolgan jonivor butalar orasidan to‘g‘ri ovchilardan biriga tomon otilib chiqqan. Yonidan yugurib o‘tayotganda kiyikning shoxlari ovchining kurtkasiga bexosdan ilinib qolgan. Hayvon jon holatda uni yirtgan. Ovchining yelkasidagi qurol jonivorning shoxlariga ilakishib qolgan. Shundan so‘ng kiyik o‘rmon chakalakzorlariga singib ketgan», — deya so‘zlab berdi politsiya boshqarmasi xodimi Milan Baysura.
«Hayriyat, qurol o‘qlanmagandi. Shunga qaramay, begonalarning qo‘liga tushib qolmasligi uchun politsiya, o‘rmonchi va ovchilar qidiruvni davom ettiradigan bo‘lishdi. Gap 22 kalibrli ov miltig‘i haqida bormoqda. Hozircha «qurollangan» kiyik Janubiy Chexiya o‘rmonlarida yashirinib yuribdi», — deydi Baysura. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Qozog‘istonning Aktau shahridagi kafelardan birida qurollangan shaxslar o‘q uzdi (video)

Tojikiston IIV rahbari sayyohlarga qurollangan hujum uyushtirilganini tan oldi

AQShda yarim million dollar yerga sochilib ketdi

Avstraliyada kenguru ovchidan "o‘ch oldi" (foto)

Oq uy yonida pistolet bilan qurollangan shubhali shaxs qo’lga olindi

Las-Vegasdagi teraktda omon qolgan erkak mashina urib yuborishi oqibatida vafot etdi