Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z oilasi a’zolarini va yaqinlarini oldindan afv etishi mumkin, deb yozadi «Kommersant’». Bu haqda CNN prezident maslahatchilarining muhokamalaridan xabardor bo‘lgan manbasiga tayanib xabar bergan. Ba’zi maslahatchilar fikricha, Tramp o‘z-o‘zini afv etish huquqiga ega.
Tramp o‘z maslahatchilari bilan afv etishni muhokama qilgan odamlar orasida prezidentning qizi Ivanka Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner ham bor. Kushner maxsus prokuror Robert Myullerning Rossiyaning 2016 yilgi Amerika saylovlariga aralashuvi haqidagi tekshiruvi figuranti bo‘lgan, ammo unga ayblovlar e’lon qilinmagan.
Afv etish uchun nomzodlar ro‘yxatiga vaziyati yuridik jihatdan qaltis bo‘lgan odamlar kiradi. Telekanal manbasi qayd etishicha, Trampning do‘stlari va ittifoqdoshlari ularga Jo Bayden ma’muriyati tomonidan dushmanlarcha munosabat ko‘rsatilishini kutmoqda.
AQShda prezident saylovlari 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Jo Bayden g‘olib bo‘lgan. Uning g‘alabasini 14 dekabr kuni saylovchilar hay’ati uzil-kesil tasdiqlashi kerak.
Donald Tramp o‘z mag‘lubiyatini tan olishdan bosh tortdi. Uning huquqshunoslari qator shtatlarda saylovlar natijalarini qayta ko‘rib chiqish haqida da’volar berdi, ammo ularning Baydenning foydasiga katta ko‘lamda firibgarliklar amalga oshirgani haqidagi gaplari o‘z tasdig‘ini topmadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Tramp saylovoldi shtabining Rossiya bilan til biriktirgani haqidagi ayblovlar tasdiqlanmadi

Tramp Obamani oʻzini kuzatganlikda aybladi

Ivanka Tramp Amerika tarixidagi ilk ayol prezident bo’lmoqchi

AQShlik advokat Ivanka Tramp oilasini sudga berdi

Merkel Ivanka Tramp otasi o‘rnini egallashiga munosabat bildirdi

Trampning qizi Ivanka biznesni tark etadi