Foto: «RIA Novosti»
Rossiya poytaxti Moskva shahrida 5 dekabrdan koronavirusga qarshi emlash punktlari ish boshlaydi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin ma’lum qildi, deb yozmoqda Meduza.
Shahar merining ma’lum qilishicha, Rossiya hukumati bilan kelishilgan holda ommaviy emlashning katta mexanizmi ishini osonlashtirish maqsadida ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalari xodimlari, shuningdek, shahar ijtimoiy xizmatlari xodimlari uchun 4 dekabrdan boshlab emlashga elektron navbat orqali yozilish yo‘lga qo‘yiladi.
Sobyaninning qo‘shimcha qilishicha, vaksinaning yangi partiyalari kelishi bilan Moskvada emlanishi mumkin bo‘lgan fuqarolar ro‘yxati kengaytiriladi.
Shahar meriyasi saytidagi bepul emlash haqidagi maxsus bo‘limda ma’lum qilinishicha, Rossiyada yaratilgan koronavirusga qarshi birinchi vaksina «Sputnik V»ni qabul qilish uchun Moskvadagi poliklinikaga biriktirilgan bo‘lish, shuningdek, ish joyidan ma’lumotnoma taqdim etish kerak.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2 dekabr kuni hukumatga keyingi haftada mamlakatda koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlash bo‘yicha topshiriq bergandi.
Rossiyada ikkita vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgan: Gamaleya markazi tomonidan ishlab chiqilgan «Sputnik V» va Novosibirskning «Vektor» markazi tomonidan yaratilgan «EpiVakKorona». Har ikkala preparat uchinchi sinov bosqichida va u hali davom etmoqda. «Sputnik V» ishlab chiqaruvchilari uning 95 foiz samadorligini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi