Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan giyohvand moddalarni maxsus pechda yo‘q qilish tadbirida qatnashdi, deb xabar bermoqda «Turkmaniston Bugun» davlat axborot agentligi.
Shu tariqa Berdimuhamedov Ashxoboddan 100 kilometr shimolda joylashgan narkotiklarni yoqish uchun yangi majmuani ochib berdi.
«Xavfsizlik kengashi kotibi Chorimurod Omonov davlat rahbariga yangi majmua haqida va huquq-tartibot organlari tomonidan maxsus operatsiyalar chog‘ida musodara qilingan giyohvand moddalarni yoqishga tayyorgarlik haqida gapirib berdi», — deyiladi xabarda.
Shundan keyin prezident Berdimuhamedov va xavfsizlik kengashi a’zolari bir necha paket narkotiklarni yoqib yuborgan. Tadbir chog‘ida jami 122,5 kg narkotik moddalar yo‘q qilingan.
Xabar berilishicha, o‘rnatilgan uchta pechda ilg‘or texnologiyalar qo‘llanilib, ular odamlar va ekologiya uchun xavfsizdir.
Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonda 23 noyabrdan boshlab dunyo miqyosidagi pandemiya hamda mamlakat hududida o‘tkir yuqumli kasalliklarning tarqalishi va yuqishining oldini olish maqsadida 50 yoshdan katta fuqarolarning hududlar bo‘ylab harakatlanishi taqiqlab qo‘yildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi
Global Janub kimniki?
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi"