
Foto: Guinness world records
Hindistonlik qiz Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng uzun sochli o‘spirin sifatida kiritildi. Bu haqda Ginnesning rekordlar kitobining rasmiy sayti xabar berdi.
Hindistonda yashovchi 18 yashar Nilanshi Patel birinchi marta 2018 yil 21 noyabrda o‘smirlar orasida eng uzun soch egasi sifatida tan olingan. O‘sha vaqtdan buyon u ikki marotaba rekordni yangiladi. Ikki yil avval uning sochlari 1,7 metr uzunlikda edi, hozirda ular yana 30 santimetrga o‘sgan.

Foto: Guinness world records
Patelning 6 yoshida sochini qisqartirishgani unga yoqmagan, shuning uchun ularni o‘stira boshlagan. «Mening sochimni kaltalatishdi, juda ham xunuk edi. Shundan so‘ng hech qachon sochimni kesmaslikka qaror qilganman. 6 yoshimdan buyon sochlarim uzunligiga tegmayman», − deydi Patel.

Foto: Guinness world records
U tengdoshlari orasida jahon rekordini o‘rnatish uchun sochlarini o‘stirishda davom etishi haqida hali bir qarorga kelmagan.

Foto: Guinness world records “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar