5 846
Rossiyada «Sputnik V» vaksinasi bilan emlanganlarning qanchasi koronavirusga chalingani ma’lum qilindi
Foto: «RIA Novosti»
Gamaleya markasi tomonidan ishlab chiqilgan «Sputnik V» vaksinasi yaxshi natija qayd etdi. «TASS»ning xabar berishicha, bu haqda 8 dekabr kuni Rossiya sog‘liqni saqlash vazirining maslahatchisi Sergey Glagolev ma’lum qildi.
«Vaksinaning ikki komponenti bilan emlangan ko‘ngillilarning 0,5 foizidan kamrog‘i COVID-19’ga chalindi», — degan u «Tibbiyot va sifat — 2020» XIII Butunrossiya ilmiy-amaliy konferensiyasida. Shuningdek, «bu har qanday vaksinaning profilaktik samaradorligi uchun juda ijobiy raqamlar» ekanligini ta’kidlagan.
Glagolevning aytishicha, «Sputnik V» vaksinasi bilan emlangandan so‘ng grippga o‘xshash sindrom, shu jumladan, tana haroratining ko‘tarilishi ko‘ngillilarning, taxminan, 10 foizida kuzatilgan. Vaksina olgandan keyin jiddiy nojo‘ya ta’sirlar qayd etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining Gamaleya instituti tomonidan ishlab chiqilgan va «Sputnik V» vaksinasi 11 avgustda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Vaksina klinik sinovlari uchinchi bosqichining oraliq tahlil natijalari 92 foiz samaradorlikni tashkil etishini ko‘rsatdi. Dekabr oyi boshlarida vaksina ikkita komponentining maksimal narxi ma’lum qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi