07:00 / 13.12.2020
4 647

Eng ko‘p milliarderlar yashaydigan mamlakat ma’lum bo‘ldi

Eng ko‘p milliarderlar yashaydigan mamlakat ma’lum bo‘ldi
Ayni paytga kelib dunyoning eng ko‘p milliarderlari istiqomat qiluvchi mamlakat Xitoy hisoblanadi. Negaki, keyingi bir yil ichida bu yerda 10 milliard dollardan ko‘p sarmoyaga ega odamlar AQSHga qaraganda uch baravarga oshgan. Bu haqda Xitoyning “Hurun” tadqiqot kompaniyasi hisobotida ma’lum qilindi.

Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2020 yilning 31 yanvar holatiga ko‘ra Xitoyda, shu jumladan, Gonkong hamda Tayvanda milliarderlar soni yil davomida 182 taga ko‘paygan holda 799 taga yetgan. AQSHda esa milliarderlar soni 626 kishini tashkil etmoqda. Yil davomida ular 59 taga ko‘payishgan.

«Hozir Xitoyda milliarderlar soni AQSH va Hindistondagi milliarderlarni qo‘shib hisoblaganda ham ko‘proq», deydi “Hurun Report” raisi va bosh tahlilchisi Rupert Xugeverf.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eng ko‘p milliarderlar yashaydigan mamlakat ma’lum bo‘ldi