Amerikalik shifokorlar koronavirusning yangi, kam uchraydigan, ammo xavfli asoratini aniqladilar. Bu Nyu-Yorkdagi COVID-19 bilan kasallangan bir nechta bemorlarda kuzatilgan. Bu haqda BGR portali xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ikki oy ichida Nyu-Yorkdagi koronavirus bilan kasallangan bemorlarda keratit – ko‘z pardasining yallig‘lanishi kabi alomat paydo bo‘lgan uchta holat qayd etildi. Keyinchalik, ularning uchalasida ham infeksiya ko‘z soqqasining ichki membranalariga tarqalib, endoftalmitni keltirib chiqaradi.
Natijada ushbu bemorlardan biri koronavirus bilan bog‘liq asoratlar tufayli vafot etdi, ikkinchisi ko‘rmay qoldi, uchinchisini esa bitta ko‘zini olib tashlashga to‘g‘ri keldi.
Mutaxassislarning fikricha, keratitning endoftalmitga o‘tishi tibbiyot amaliyotida juda kam uchraydi va ko‘pchilik odamlar bu haqda ko‘p tashvishlanmasa bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da, qisqa vaqt ichida uchta holatning aniqlanishi koronavirusning ko‘z infeksiyasiga ta’siri haqida qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish zarurligini ko‘rsatadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi